TalentLAB - biz hammani taniymiz!
TalentLAB - Sharqiy Yevropaning eng mashhur xedxanterlaridan biri Alyona Vladimirskaya tomonidan tashkil etilgan professionallarni tanlash bo’yicha agentlik. Biz O'zbekistonda yashovchi, o'zbek, rus va ingliz tillarida gaplashadigan tajribali mutaxassislar jamoasimiz. Bizning ixtisosligimiz MDH, Saudiya Arabistoni, BAA va turli Yevropa davlatlarida nomzodlarni izlash va tanlashdir.
TalentLAB
biz hammani taniymiz!
Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi eng mashhur xedxanterlardan biri. Informatsion texnologiyalar va innovatsion biznes sohasida katta tajribaga ega. HeadHunting va boshqaruvchilarni qidirishga ixtisoslashgan rekruting agentligi asoschisi. Alyona eng qiyin bo'sh ish o'rinlarini yopishda tengi yo’q ko’nikmalarga ega, bu esa unga o’z o’rnida Rossiya va Evropaning xodimlarni tanlash va saralash bo’yicha eng taniqli mutaxassisi sifatida e'tirof etilishiga imkon berdi. Forbes uni bir necha marotaba Rossiyadagi eng mashhur ayol tadbirkorlar qatoriga kiritgan.
Alena Vladimirskaya kim?
Biz nimani yaxshi qila olamiz?
Biz xodimlarni tanlash va saralash sohasida professionallarmiz. Bizni yirik kompaniyalar va startaplar bo‘sh ish o‘rinlari bilan mustaqil ravishda yoki xodimlarni tanlash va saralash bo’yicha boshqa agentliklar yordamida uddalay olmagan hollarda taklif qilishadi. Biz nafaqat O‘zbekiston bozorini, balki Rossiya, Qozog‘iston, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklaridagi bozorlarini yaxshi bilamiz.
Top menedjerlar - CFO, CPO, COO, CMO, logistika bo’yicha direktorlar, HRD, CTO, tijorat bo’yicha direktorlar;
Informatsion texnologiyalar bo’yicha mutaxassislar - ma'lumotlarga ishlov berish va tahlil qilish bo’yicha mutaxassislar, tizim tuzish bo’yicha menedjerlar, rivojlanish bo’yicha menedjerlar, murakkab ishlanmalar paketi etakchilari;
Jamoalar - agar sizga istalgan yo'nalishdagi tayyor jamoa kerak bo'lsa;
Uzoq vaqt davomida izlangan yuqori darajadagi mutaxassislarni topishga yordam beramiz
Iltimos, diqqat qiling! Biz oyiga 2 ming dollardan kam maosh oladigan mutaxassislarni qidirib topish bilan shuq’ullanmaymiz.
Xedxanting
Biz murakkab bo’lgan bo’sh ish o’rinlari bilan ishlaymiz
Ustoz - O’zbekistondagi yosh mutaxassislar uchun mamlakatning haqiqiy yetakchilari bo‘lish imkonini beruvchi bepul loyiha. Dastlabki loyiha O‘zbekistonda yiliga ikki marta o’tkaziladigan muntazam loyiha bo‘lib, hozirda Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universiteti tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Loyihada O‘zbekistonning yetakchi HR direktorlari mentor sifatida talabalarga dars o’tadilar (Komilya Bektemirova - HRD UzAutoMotorsPowertrain, Nargisa Baymirzaeva - HRD Korzinka, Komila Xasanova - HRD BAT Uzbekistan va boshqalar). Loyiha o’z nihoyasiga yetkanida bitiruvchilarga O‘zbekistondagi eng yirik kompaniyalarda ishlashga imkoniyat beriladi.
Biz bir necha marotaba muvaffaqiyatli yakunlangan loyihalargagina qo’l uramiz:
HR loyihalar
Biz sizing hodimlaringizga zamonaviy rekruting usullarini o’rgatamiz;
Biz kompaniyaning tashkiliy tuzilmasini ishlab chiqamiz va ishni sekinlashtirayotgan hamda zararga olib kelayotgan ortiqcha boq’inlarni olib tashlaymiz;
Biz «Grading» va KPI o’rnatish tizimlarini ishlab chiqamiz hamda ularni biznesingizning o'ziga xos xususiyatlariga bog'laymiz;
HR loyihangizni biz bilan muhokama qiling
Siz kompaniyangiz uchun individual tadqiqotga buyurtma berishingiz mumkin.
Biz biznesga haqiqatdan ham kerakli bo'lgan narsalarni tadqiq qilamiz: sohalar bo'yicha ish haqi, chet ellik mutaxassislarning kirib kelishi, mutaxassislarning tanqisligi, professionallar donor- bozorlar. Bizning barcha tadqiqotlarimiz chuqur intervyular asosida tayyorlangan - bu ishonchli ma'lumot olishning eng qiyin, ammo eng TO’G’RI usuli.
Siz bizning har qanday tadqiqotimizni veb sahifamizdan to'liq versiyasida mutlaqo bepul yuklab olishingiz mumkin.
Bizning ommaviy tadqiqotlarimiz:
Tadqiqot
Bizning mijozlarimiz va hamkorlarimiz
Biz bilan qanday bog'lanish mumkin
+998 (90) 066 95 65
Telefon
talentlab@vladimirskaya.uz
Elektron pochta
Linkedin
TalentLAB
Veb sahifa yaratish Life Style